Velomarafonda nega asosan otaxonlar ham ishtirok etdi?

16:59 11 Dekabr 2020 Sport
772 0

Asaka tumanida velomarafon boʻlib oʻtdi. Ahamiyatli jihati shundaki, unda asosan otaxonlar ishtirok etdi va shu bois “Yoshlik davrini eslab...” deb nomlandi. 200 nafar ishtirokchi qatnashgan tadbir faollariga esdalik sovgʻalari topshirildi.

— Hukumatimiz tomonidan ommaviy sportni rivojlantirishga juda katta eʼtibor qaratilmoqda,-deydi mehnat faxriysi Abdusattor ota Ahmadaliyev. — Buning sababini bilmoqchi boʻlgan yoshlar, mana, bizni koʻrsinlar — har qanday yigitlar bilan bemalol bellashishga qodirmiz. Shaxsan oʻzim har kuni 6 km. masofani velosipedda bosib oʻtaman.

Aytish joiz, ushbu tumanda 84 nafar sport ustalari 74 ta MFYlariga biriktirilgan boʻlib, ular tomonidan aholining sportning 21 turi boʻyicha shugʻullanishlari uchun mashgʻulotlar tashkillashtirib borilmoqda.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?