Vazn toifasidan qatʼi nazar eng kuchli 10 nafar bokschi kimlar ekanini bilasizmi?
Foto: AP
AQSHning mashhur ESPN nashri vazn toifasidan qatʼi nazar eng kuchli 10 nafar bokschi reytingini eʼlon qildi. Unda birinchi oʻrnini ukrainalik bokschi Aleksandr Usik joy oldi. Bu bilan u nafaqat ogʻir vazn toifasida, balki barcha bokschilar oʻrtasida ham yetakchi sifatida eʼtirof etildi.
Aleksandr Usik shu kungacha professional boksda 23 ta jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalaba qozongan. Ikkinchi oʻrinni yaponiyalik Naoya Inoue egalladi. U 30 ta jangdan buyon yengilmay kelyapti. Kuchli uchlikni esa AQSHlik bokschi Terens Krouford yakunladi — uning hisobida 41 gʻalaba bor.
Toʻrtinchi pogʻonani rossiyalik Dmitriy Bivol egallagan boʻlsa, beshinchi oʻringa yana bir rossiyalik Artur Beterbiyev joylashgan. Ikkalasi ham soʻnggi yillarda oʻzining yorqin faoliyati bilan tanilgan sportchilardir.
Oltinchi oʻrinda Jessi Rodriges (AQSH) joy oldi — u hozirgacha 21 ta jangda magʻlubiyatga uchramagan. Yettinchi oʻrinda Meksika afsonasi Saul “Kanelo” Alvares turibdi. Uning hisobida 69 ta gʻalaba, 2 magʻlubiyat va 2 durang bor.
Sakkizinchi oʻrin AQSHlik David Benavidesga nasib etdi. U ham hali magʻlubiyat nimaligini bilmagan. Reytingni yaponiyalik Dzunto Nakatani (30-0) va AQSH vakili Shakur Stivenson (23-0) kabi tengi yoʻq bokschilar yakunlab bergan.
ESPNning bu reytingi bokschilarning sport formasi, texnik ustunligi va keyingi yillarda gʻalabalari asosida tuzilgan boʻlib, muxlislar va mutaxassislar orasida qizgʻin bahslarga sabab boʻlishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring