“Vatan uchun yashaylik!” respublika tanlovi gʻoliblari taqdirlandi
Bugun Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan “Vatan uchun yashaylik!” respublika tanlovi gʻolib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Ushbu tanlov ona diyorimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, Oʻzbekistonimizning buyuk kelajagi yoʻlidagi ulugʻvor yangilanishlar, zamondoshlarimizning yorqin siymolari aks ettirilgan sheʼriy, nasriy, bolalar adabiyoti, badiiy-publitsistik yoʻnalishdagi eng sara asarlarni aniqlash maqsadida eʼlon qilindi.
Joriy yilning 18-avgust kuni tanlovga hujjatlar qabul qilish yakunlandi.
Tadbirni uyushma raisi oʻrinbosari Gʻayrat Majid olib bordi. Unda tanlov ishtirokchilari, ijodkorlar, harbiylar qatnashdi.
– Hayʼat aʼzolari tanlovga kelib tushgan jami 95 nafar muallifning 244 ta asarini koʻrib chiqdi, - dedi shoira Farogʻat Xudoyqulova. - Oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillarida nashr etilgan kitoblar, matbuotda eʼlon qilingan materillar janr tasnifi boʻyicha hakamlar hayʼati tomonidan koʻrib chiqildi.
Unga koʻra, romanlar – 7 ta; qissalar – 14 ta; hikoyalar toʻplami – 24 ta; sheʼrlar va sheʼriy toʻplamlar – 41 ta; dostonlar – 7 ta; publitsistik toʻplamlar – 16 ta; adabiy-tanqidiy toʻplamlar – 3 ta; drama asarlar – 1 ta; tarjima asarlar – 1 ta; OAVda eʼlon qilingan maqolalar va sheʼriy turkumlar – 130 tani tashkil etdi.
“Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan, “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” mazmun-mohiyati, zamondoshlarimizning fidokorona mehnatlari, ijtimoiy hayot, maʼrifat va maʼnaviyat sohalaridagi olamshumul oʻzgarishlar, yurtimiz obodligi, milliy qadriyatlarimiz va yosh avlod kamoli, milliy gʻurur va iftixor, Vatan tuygʻusi hayotiy misollar, teran fikr-mulohazalar bilan tarannum etilgan asarlar hayʼat aʼzolari tomonidan xolisona baholandi.
Gʻoliblarga Yozuvchilar uyushmasining pul mukofotlari, diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi. Tadbirda sovrindorlar soʻzga chiqib, bu kabi tanlovlarning ahamiyati katta ekanligi va ijod mahsuliga boʻlgan eʼtirof uchun minnatdorligini bildirishdi.
“Vatan uchun yashaylik!” tanlovi gʻoliblari
1-oʻrin:
1. Miraziz Aʼzam – “Yoʻlyozmalar” kitobi uchun.
2-oʻrin:
1. Xalila Davletnazarov – qoraqalpoq tilidagi “Bahramandlik” sheʼriy toʻplami uchun.
2. Abdujalol Rahimov – “Abu Ali ibn Sino” nomli roman-trilogiyasi uchun.
3-oʻrin:
1. Sharofat Ashurova – “Doʻmbira” nomli hikoyalar hamda “Qarshi muqarnasi” badiiy publitsistik kitoblari uchun.
2. Salim Ashur – “Mangu el” sheʼriy kitobi uchun.
3. Baxriddin Sadriddinov – “Gullagan bogʻlar” nomli sheʼriy hamda “Yaxshidan bogʻ qoladi” nomli publitsistik toʻplamlari uchun.
Ragʻbatlantiruvchi mukofotlar:
1. Xusrav Saʼdullo – Zahiriddin Muhammad Bobur gʻazallarining tojik tiliga tarjimasi uchun.
2. Yusufjon Alixonov – “Ilmu adab javohirlari” hamda “Shoh Mashrab ixlosmandlari” adabiy-maʼrifiy risolalari uchun.
3. Zulfiya Yunusova – harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi “Hurlik fidoyilari” voqeiy qissasi uchun.
4. Toir Roʻziboyev – “Qiyofa” sheʼrlar toʻplami uchun.
5. Otabek Quvvatov – bolalarga bagʻishlangan “Shodivoyning gʻaroyib sarguzashtlari” qissasi uchun.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring