“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida festival tashkil etildi

Foto: Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi
Kecha, 27-avgust kuni Milliy madaniy markazlar pavilyonida davlat mustaqilligining 34-yilligiga bagʻishlangan umummilliy birdamlik festivali boʻlib oʻtdi. Tadbirda turli millatlar vakillarining madaniy merosi, milliy qoʻshiq va raqslari namoyish etildi, faol ishtirokchilar ragʻbatlantirildi.
Festival Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita tashabbusi bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida tashkil etildi. Unda qoʻmita rahbariyati bilan birga Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, shuningdek, milliy madaniy markazlar faollari ishtirok etdi.
Tadbirda qoʻmita raisi Qahramon Sariyev, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov hamda Tojikiston Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda nutq soʻzlab, mustaqillikning tarixiy ahamiyati va uning yurtimizda tinchlik, barqarorlik hamda millatlararo totuvlikka zamin yaratganini alohida taʼkidladi.
Festival doirasida mehmonlar milliy madaniy markazlar koʻrgazmalari bilan tanishdilar, keyin esa sanʼat ustalari hamda turli millatlarning badiiy jamoalari konsert dasturini taqdim etdi. Tadbirda kuy-qoʻshiqlar, raqslar va samimiy muloqotlar orqali doʻstlik va birdamlik kayfiyati yaqqol namoyon boʻldi.
Taʼkidlash joizki, yaqinda foydalanishga topshirilgan milliy madaniy markazlar pavilyoni mamlakatimizda olib borilayotgan millatlararo hamjihatlik va doʻstlik siyosatidagi muhim qadam boʻlib, u turli madaniy qadriyatlarni birlashtiruvchi maydon vazifasini bajarmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring