“Vatan uchun ijod qil, kelajak uchun texnologiya yarat!”

15:37 10 Sentyabr 2025 Jamiyat
76 0

Uchkoʻprik tumanidagi yoshlar xiyobonida “Vatan uchun ijod qil, kelajak uchun texnologiya yarat!” shoiri ostida ijodkor hamda zamonaviy texnologiyalarga qiziqqan yoshlar ishtirokida koʻrgazma tashkil etildi.

Koʻrgazmada tumandagi maktablarda taʼlim-tarbiya olayotgan 200 nafarga yaqin oʻquvchilar robototexnika sohasidagi ilgʻor ishlanmalari, kashfiyotlari va mahsulotlarini namoyish etishdi. Tadbir qatnashchilariga oddiy yogʻoch, karton va poʻkakdan tayyorlangan ilk mahsulotlardan tortib, robototexnikaning soʻngi yutuqlari hamda murakkab texnologiyali ishlanmalar koʻrsatildi.

— Bu tashabbus Uchkoʻprik tumani hokimligi tomonidan maʼqullanib, faoliyatimizni kengaytirish uchun qoʻshimcha joy ajratib beriladigan boʻldi, — deydi loyiha tashabbuskori Ahliddin Qoʻchqorov. — Shuningdek, tuman hokimligi homiyligi va koʻmagida qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etishga kelishib olindi. Shu tariqa har bir oʻquv guruhida oʻrtacha 50-60 nafar iqtidorli oʻgʻil-qizlarni qamrab olish hamda robototexnika sohasi boʻyicha mukammal oʻqitish rejalashtirilmoqda.

Aytish joiz, mazkur yoʻnalishda hayotiy tajribaga ega yosh olim Ahliddin Qoʻchqorov shogirdlari bilan respublika va xalqaro miqyosdagi koʻrik-tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotir. Yaqin istiqbolda bu kabi oʻquv kurslari faoliyatini viloyatning barcha shahar va tumanlarida yoʻlga qoʻyishni maqsad qilgan.

Botir MADIYOROV

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер