“Real Madrid” futbolchisi jarohat oldi va “Barselona”ga qarshi oʻyinni oʻtkazib yuboradi
Kecha, 27-sentyabr kuni Ispaniya La Ligasining 7-turidan oʻrin olgan bahsda “Atletiko Madrid” oʻz maydonida “Real Madrid”ni magʻlub etdi.
Uchrashuvning 59-daqiqasida “qirollik klubi” sardori Dani Karvaxal oyogʻidan jarohat olib maydonni tark etdi. Bugun klub shifokorlari futbolchining holati boʻyicha rasmiy maʼlumot berdi.
Rasmiy xabarga koʻra, Karvaxalning jarohati jiddiy boʻlib, u kamida bir oy davomida maydonga tusha olmaydi.
Maʼlumot uchun, yaqin vaqtda “Real Madrid”ni muhim bahslar kutmoqda. Xususan, jamoa 26-noyabr kuni Ispaniya chempioni “Barselona”ga qarshi bahs oʻtkazadi.
Eslatib oʻtamiz, avvaliga “Real Madrid”ning yana bir oʻng qanot himoyachisi — Trent Aleksandr-Arnold ham jarohat olgani xabar qilingan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring