“Vatan tayanchi” harakati kasb-hunar maktabi, texnikum va xususiy taʼlim tashkilotlarida ham yoʻlga qoʻyiladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Yoshlarimizda vatanparvarlik ruhini kuchaytirish boʻyicha 10-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida boshlangan “Vatan tayanchi” harakati kasb-hunar maktabi, texnikum va xususiy taʼlim tashkilotlarida ham yoʻlga qoʻyilishi belgilandi. Bu haqda Prezidentning yoshlar bilan muloqotida maʼlum qilindi.
“Vatan tayanchi” otryadlari oʻrtasida “maktab – tuman – viloyat – respublika” darajasida sport musobaqalari va ijodiy tanlovlar tashkil etiladi.
Shu kabi har bir mahallada yoshlar oʻrtasida “mahalla – sektor – tuman – viloyat – respublika” darajasida “Shijoat va gʻayrat” sport oʻyinlari oʻtkaziladi. Gʻolib mahallalarga sport inshooti qurib beriladi, zarur anjomlar bilan taʼminlanadi.
“Vatan tayanchi” hamda “Shijoat va gʻayrat” musobaqalari gʻoliblariga harbiy oliygohlarga kirishi uchun tavsiya beriladi.
Yoshlar masalasi parlament va mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida ham muhim yoʻnalish sifatida qaralishi lozimligi taʼkidlandi.
Yoshlarga daxldor qonun loyihalarini Yoshlar parlamenti aʼzolari bilan birga muhokama qilish va yalpi majlisda loyiha boʻyicha yoshlar vakillarining fikrini ham eshitish maqsadga muvofiq ekani koʻrsatib oʻtildi.
Shuningdek, mahalliy kengash sessiyalarida yoshlar masalalari boʻyicha masʼul organlar rahbarlarining axborotini eshitish, barcha mahalliy kengashlar huzurida yoshlar guruhlarini tashkil etish tashabbuslari ilgari surildi.
Mahallalarda yoshlar yetakchilari tizimi yoʻlga qoʻyilganidan keyin yoshlar siyosati tubdan oʻzgarib, mutlaqo yangi bosqichga koʻtarilgani eʼtirof qilindi.
Lavozimga kirishayotgan yoshlar yetakchilarining kasbiy koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida ularni tizimli ravishda oʻqitishni yoʻlga qoʻyish zarurligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring