Vashingtonda Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQShga ilk rasmiy tashrifini yoritish bo‘yicha Matbuot markazi tashkil qilindi

Matbuot markazi zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan bo‘lib, yuqori tezlikdagi internet tizimiga ulangan. Bu yerda malakali jurnalistlar, tasvirchi va fotograflar ish olib borayapti.
Prezident Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu markaz davlatimiz rahbarining AQShga bo‘ladigan tarixiy tashrifini barcha ommaviy axborot vositalarida, xususan, internetda atroflicha yoritish, tashrif bilan bog‘liq voqealarga oid ma’lumotlarni aniq, ishonchli va tezkor ravishda yetkazib berishda muhim ko‘prik vazifasini o‘taydi.

Tashrif bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlar, xususan, aeroportda kutib olishdan tortib, uchrashuvlar, muzokaralar, hujjatlar imzolash marosimlari — barcha jara yonlar MTRKning “O‘zbekiston 24” telekanali orqali va Prezidentning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va tezkorlik bilan efirga uzatilishi rejalashtirilayapti.
Tashrif avvalida yigirmaga yaqin tadbirlar, turli uchrashuvlar o‘kazish, taniqli xalqaro ekspertlar, AQShning keng jamoatchilik vakillari bilan intervyular uyushtirish ko‘zda tutilgan edi. Ularning aksariyati tashkil qilinib, ommaviy axborot vositalarida navbatma-navbat berilmoqda. Bu jarayon davom etayapti.
Shuningdek, 14 may kuni Vashingtondagi AQSh Milliy press-klubida O‘zbekiston va AQShlik ekspertlar ishtirokida brifing tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Shavkat ORTIQOV,
“Xalq so‘zi” maxsus muxbiri.
Vashington, Amerika Qo‘shma Shtatlari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring