Vaksinani qoʻllashga shoshilmaslik kerak - Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi rahbari

12:00 09 Dekabr 2020 Jamiyat
1156 0

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev COVID-19ʼga qarshi vaksina qoʻllanilishi bilan bogʻliq fikrlarini aytib oʻtdi.

"COVID-19ʼga qarshi vaksinani qoʻllashga shoshilmaslik kerak. Chunki har bir vaksina (shuningdek dori vositalari) klinik sinovlarga tadbiq qilinishdan avval, klinik oldi tadqiqotlarida uning jonivorlarda taʼsiri oʻrganiladi", dedi Sardor Kariyev.

Hozirda, Agentlik tomonidan COVID-19ʼga qarshi vaksinaning sifat nazorati tekshiruvlari oʻtkazilmoqda. Uning sifati va xavfsizligi isbotlangandan keyingina import qilishga ruxsat berilishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер