“Vagner” safida Ukrainaga qarshi jang qilgan oʻzbekistonlikka hukm oʻqildi

Rossiyaga ishlash maqsadida ketib, u yerda “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi jangchilari safida jang qilgan oʻzbekistonlik erkakka nisbatan sud hukmi oʻqildi. Bu haqda “Xalq soʻzi”ga Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov maʼlum qildi.
Bildirilishicha, 26 yoshli fuqaro Sh.Y. 2019-yilda ishlash maqsadida Rossiya Federatsiyasiga borgan. U Moskva shahrida ishlashi davomida, giyohvandlik vositalari oldi-sotdisi bilan shugʻullanib, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qoʻlga olingan.
Oʻzbekiston fuqarosi jinoyat ishlari boʻyicha Rossiya Federatsiyasi Kalujskaya viloyati Obninsk shahar sudining 2021-yil 30-sentyabrdagi qarori bilan RF Jinoyat kodeksining tegishli moddasi boʻyicha aybli deb topilib, 7-yilga ozodlikdan mahrum qilingan.
Sudlanuvchi Sh.Y. jazoni oʻtash davrida Rossiya harbiylarining taklifi bilan “Vagner” xususiy shirkatida 2022-yil 22-oktyabrdan 2023-yil 22-aprelga qadar, 6 oy xizmat qilgan. Aniqlanishicha, u ushbu xizmati evaziga muqaddam sud hukmiga koʻra, tayinlangan jazoning oʻtalmay qolgan qismidan ozod qilingan va 950 000 Rossiya rubli miqdorida pul mukofoti hamda “Za otvagu” nomli koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
Joriy yilning 30-may kuni jinoyat ishlari boʻyicha Ohangaron shahar sudida mazkur ish koʻrib chiqilgan va Sh.Y. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-moddasining (Yollanish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2-yil 6 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring