Uzoq umr koʻrishga yordam beradigan eng muhim omillar maʼlum qilindi
Foto: Depositphotos
Muntazam jismoniy faoliyat, sifatli uyqu, muvozanatli ovqatlanish va stressni boshqarish uzoq va sogʻlom hayot kechirish imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi. Bu haqda Vestminster universiteti fiziologi Bredli Elliott aytib oʻtdi.
Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, hatto harakatsiz turmush tarzidan yengil harakatga oʻtish (haftada 75 daqiqa tez yurish) hayotni ikki yilga uzaytirishi mumkin. Biroq, mutaxassis jismoniy mashqlar doimiy oʻtirishning zararini toʻliq qoplamasligini taʼkidladi. Harakatchanlikni oshirish uchun olimlar har 30 daqiqada turishni, ofisda tez-tez harakatlanishni va jamoat transportida tik turib ketishni tavsiya qilmoqda.
Ovqatlanish sifati ham uzoq umr koʻrishning hal qiluvchi omilidir. Garvard sogʻliqni saqlash maktabi tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga koʻra, uzoq umr koʻruvchilarning aksariyati sabzavot, mevalar, toʻliq donlar, yongʻoqlar va dukkakli mahsulotlarni isteʼmol qilgan va shu bilan birga qayta ishlangan goʻsht, qovurilgan ovqatlar va shirinliklardan voz kechishgan. Mutaxassislarning tushuntirishicha, bu yerda gap goʻshtdan butunlay voz kechish haqida emas, balki oʻsimlik mahsulotlarining ustunligi haqida ketyapti.
Fiziologning qoʻshimcha qilishicha, muntazam uyqu ham erta oʻlim xavfini kamaytiradi. Olimning fikricha, navbatchilik tartibida ishlaydiganlarning sogʻligi, ayniqsa zaif boʻladi. Ularda insultga chalinish darajasi yuqori.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring