Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida parlamentlararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Senat Raisi Tanzila Narbayeva Iordaniya Hoshimiylar Podshohligining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Demiya Zuxeyr Haddod bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasidagi doʻstona, oʻzaro hurmat va ishonchga asoslangan munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Soʻnggi yillarda ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib, siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va parlamentlararo aloqalar mustahkamlanib borayotgani qayd etildi.
Muloqot davomida parlamentlararo hamkorlikni faollashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Taʼkidlanganidek, Iordaniya parlamenti mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarda muhim oʻrin tutadi. Oʻzbekistonda ham Oliy Majlis davlat va jamiyat taraqqiyotiga qaratilgan islohotlarni qoʻllab-quvvatlashda va qonunchilik jihatdan taʼminlashda faol ishtirok etib kelmoqda. Shu munosabat bilan parlamentlar oʻrtasida muloqotni kengaytirish, qonun ijodkorligi, parlament nazorati va boshqa sohalarda tajriba almashishdan manfaatdorlik bildirildi.
Shuningdek, 2026-yil 3–7-fevral kunlari Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi parlamenti Majlisi al-Aʼyan raisi Faysal Akif Misqal Al-Fayez boshchiligidagi delegatsiyaning Oʻzbekistonga rasmiy tashrifini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Iordaniya parlamenti Senati oʻrtasida parlamentlararo hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumni imzolash rejalashtirilgani qayd etildi.
Ikki davlat oʻrtasidagi tibbiyot, xususan raqamli tibbiyotni rivojlantirish, oliy taʼlim, texnologiyalar sohasidagi hamkorlik hamda Iordaniya va Oʻzbekiston birinchi biznes-forumini tashkil etish yuzasidan ham fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring