Uvol qilingan meros yoxud Samarqandda 3 ta tarixiy masjid buzib tashlandi
Illyustrativ foto
Samarqand viloyatida XIX – XX asrlarga oid 3 ta tarixiy masjid binolari buzib tashlangani maʼlum boʻldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida Samarqand viloyatida XIX – XX asrlarga oid 3 ta tarixiy masjid binolari buzib tashlangani hamda 1 tasi tegishli ruxsatsiz taʼmirlangani oqibatida yodgorliklarga jami 46,8 milliard soʻmlik zarar yetkazilgani aniqlangan.
Xususan, Kattaqoʻrgʻon tumanidagi “Kushoq ota” masjidi buzilib, yodgorlikka 19,6 milliard, Urgutdagi “Ahmad Yassaviy” va “Hoji Oʻrinboy” masjidlari buzilib, yodgorliklarga 17 milliard soʻmlik zarar yetkazilgan.
Shuningdek, Samarqand tumanidagi “Kulba” arxitektura yodgorligi ruxsatsiz taʼmirlangani ortidan 10,2 milliard soʻm ziyon aniqlangan.
BPga koʻra, hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring