“Usmon Nosir” dramasining premyerasi boʻlib oʻtdi
Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatrida atoqli shoir, jamoat arbobi Usmon Nosir hayoti va ijodiga bagʻishlangan “Usmon Nosir” tarixiy musiqali dramasining premyerasi boʻlib oʻtdi.
Prezidentimizning 2022-yil 10-fevraldagi qarori asosida mamlakatimizda otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110-yilligini keng nishonlash va xotirasini abadiylashtirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Rejissyor Doston Haqberdiyev boshchiligida sahnalashtirilgan drama mazkur qaror ijrosining yana bir amaliy namunasi ekani ahamiyatlidir.
Maʼrifatparvar bobomiz hayoti, jumladan, jazo boʻlmasidagi soʻnggi kuni aks ettirilgan asarda shoirning xotiralari, xayollari va dardlari har qanday tomoshabinni hayajonga soladi, oʻyga choʻmdiradi, yigʻlatadi.
Murakkab sahnalarga boy spektaklda Ravshan Ibragimov Usmon Nosir rolini ijro etdi. Bundan tashqari, Mehri Bekjonova, Maʼsuda Otajonova, Oqila Gʻulomova, Jamolbek Valiyev kabi aktyorlar oʻz mahoratini namoyon qilishdi.
Shuningdek, pyesa kompozitor Mustafo Bafoyev, postanovkachi rassom Mirjalol Xoliqov, adabiy maslahatchi akademik Naim Karimovning saʼy-harakatlari natijasida yuzaga keldi.
Yozuvchi Javlon Jovliyev qalamiga mansub ushbu pyesa premyerasi adabiy jamoatchilik tomonidan zoʻr qiziqish bilan kutib olindi.
Nodirbek IBODULLAYEV, OʻzJOKU talabasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring