Uslubiy qoʻllanma maktablarning amaliyotchi psixologlariga bepul tarqatildi
Namangan viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi hamda oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi hamkorligida “Oʻquvchilardagi ruhiy va ijtimoiy muammolarni oldini olish boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlar yuzasidan amaliyotchi-psixologlar va oʻqituvchilar uchun uslubiy qoʻllanma” ishlab chiqildi. U 1300 nusxada chop etilib, viloyatdagi barcha maktab psixologlari uchun bepul yetkazib berildi.
Mutaxassislar tomonidan qiziqish bilan kutib olingan mazkur qoʻllanma yosh avlod kamoli va istiqboli, ularning muammolarini hal qilishda, oʻgʻil-qizlarimiz qalbiga kirib borish va bolalar bilan doʻstona muloqotlar oʻrnatishda nafaqat amaliyotchi-psixologlar, balki taʼlim sohasining boshqa vakillari hamda ota-onalarga yaqin koʻmakchi hamda dastur sifatida xizmat qiladi.
Qudratilla NAJMIDDINOV
(“Xalq soʻzi”)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring