Urganchlik kollej talabasi Ukrainaning nufuzli ordeni bilan mukofotlandi
Xorazm viloyatidagi Urganch kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Boburbek Egamberdiyev “Kraina” Butunukraina fuqarolik tashkilotining “Za Rozbudovu Ukraini” (“Ukraina rivoji uchun”) ordeni bilan taqdirlandi.
Endigina 18 yoshga qadam qo‘ygan Boburbekning til o‘rganish, ilm cho‘qqilarini egallashda erishayotgan yutuqlariga barcha tengdoshlari havas qilsa arzigulik. U o‘tgan yil Rossiya Federatsiyasida o‘tkazilgan rus tili va adabiyoti bo‘yicha Xalqaro olimpiadada nominatsiya g‘olibi, joriy yilda Tatariston poytaxti Qozon shahrida tashkil qilingan tatar tili va adabiyoti Xalqaro olimpiadasida 2-o‘rin sohibi bo‘ldi.
Boburbekning xorijiy tillarni o‘rganish orqali yoshlar o‘rtasida xalqaro hamdo‘stlikni mustahkamlash, ilm-fanga qiziqishini kuchaytirish bo‘yicha qator maqolalari xorijiy nashrlarda chop etilgan.
Hamyurtimizning ijodiy izlanishlari munosib e’tirof etilib o‘tgan yilda Fransiyaning “Euro Star-2017” mukofoti sohibi bo‘lgan edi. Yaqinda esa “Kraina” Butunukraina fuqarolik tashkiloti Boburbek Egamberdiyevni “Za Rozbudovu Ukraini” ordeni bilan taqdirladi. Yosh tadqiqotchi o‘zbek va ukrain tillari nazariyasini o‘rganish, do‘stlik aloqalarini mustahkamlashda erishgan yutuqlari uchun ushbu nufuzli mukofotga loyiq ko‘rildi.
Odilbek ODAMBOYEV,
“Xalq so‘zi” muxbiri.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring