Urganchda al-Xorazmiy majmuasi qurilishi boshlandi

Foto: Xalq so‘zi
Urganchda umumiy maydoni 140 gektar boʻlgan al-Xorazmiy majmuasi qurilishiga tamal toshi qoʻyildi.
Xorazm viloyat hokimligi axborot xizmatiga xabariga koʻra, loyiha boʻyicha majmuada buyuk alloma, algoritm asoschisi al–Xorazmiyning balandligi 30,5 metrlik muhtasham haykali qad rostlaydi.
Yangi massivda al-Xorazmiy nomidagi universitet va talabalar yotoqxonalari, 3000 oʻrinli maktab va 1500 oʻrinli maktabgacha taʼlim muassasasi, IT-park, innovatsiya markazi, sport majmuasi, ilmiy-tadqiqot markazi, koʻp qavatli uylar va avtoturargohlar, markaziy alleya — “Yangi Oʻzbekiston” bogʻi barpo etiladi.Shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda texnopark va zamonaviy toʻqimachilik korxonalari qurilib, ishga tushiriladi.
Tadbirda Oʻzekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Achilboy Ramatov, Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov, qurilish vaziri Botir Zakirov, Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov ishtirok etdi.
Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Milliy sertifikat imtihoni natijalari 21 ish kuni ichida e’lon qilinadi — Bilimni baholash agentligi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Ichki ishlar vaziri Buxoro viloyati IIBning 10 ga yaqin rahbarini ishdan boʻshatdi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Yangi hafta avvalida qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi
- “Qutadg‘u bilig” dostoni qo‘lyozmasining faksimile nusxasi yaratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring