“Ural Airlines” Oʻzbekistonga parvozlarni tiklamoqda

11:40 12 Yanvar 2024 Jamiyat
385 0

Rossiyaning “Ural Airlines” aviakompaniyasi Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida muntazam qatnovlarni tiklamoqda. Birinchi yoʻlovchi reysi 2024-yil 13-yanvarga moʻljallangan.

Aviakompaniya Airbus A320 va Airbus A321 kabi samolyotlarda beshta yoʻnalishda parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Yekaterinburg — Samarqand — Yekaterinburg yoʻnalishi boʻyicha parvozlar haftasiga ikki marta — seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Moskva — Namangan — Moskva yoʻnalishi boʻyicha parvozlar haftasiga ikki marta — dushanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Moskva — Toshkent — Moskva yoʻnalishi boʻyicha parvozlar har kuni amalga oshiriladi.

Moskva — Qarshi — Moskva yoʻnalishi boʻyicha parvozlar haftada uch marta — seshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Samara — Urganch — Samara yoʻnalishi boʻyicha parvozlar haftada bir marta — payshanba kunlari amalga oshiriladi.

“Ural Airlines” aviakompaniyasi bosh qarorgohi Yekaterinburgda (Rossiya) joylashgan. Aviakompaniya Rossiyadagi eng yirik beshta aviatashuvchilardan biri hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?