“Ural Airlines” aviakompaniyasining Qarshi — Moskva reysi texnik sabablarga ko‘ra bekor qilindi

11:58 14 Aprel 2025 Jamiyat
66 0

Rossiyaning “Ural Airlines” aviakompaniyasining Qarshi – Moskva yo‘nalishi bo‘yicha U62128 reysi texnik sabablarga ko‘ra bekor qilindi. Bortida 154 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot 14-aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 05:35 da havoga ko‘tarilishi kerak edi.

“Ayni damda ushbu reys yo‘lovchilari mehmonxonaga joylashtirildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchilar “Ural Airlines”ning boshqa reyslarida o‘z manziliga jo‘natiladi.

Parvoz holati haqida batafsil ma’lumot olish uchun aviakompaniya vakiliga murojaat qilish mumkin” deyiladi rasmiy xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер