UNWTO Bosh kotibi: “Oʻzbekiston tajribasi butun dunyo maktablari uchun alohida darslik yaratishga turtki boʻladi”

Butunjahon turizm tashkiloti Bosh kotibi Zurab Pololikashvili Oʻzbekistonning turizmni bolalikdan boshlashga doir tashabbusini yuqori baholab, ushbu tashabbusni butun dunyo mamlakatlari maktablarida alohida fan sifatida kiritish va sohaga oid darslik yaratishga turtki boʻlishini taʼkidladi. Pololikashvili bu haqida Bosh vazir oʻrinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimovning Ispaniyaga yaqindagi tashrifi doirasida oʻtgan uchrashuvda maʼlum qilgan. Aziz Abduhakimov BTT Bosh kotibiga bugungi kunda Oʻzbekiston aholisi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida turizm madaniyatini shakllantirish yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.
“Oʻzbekistonda yoshlar orasida sohaga qiziqish uygʻotish maqsadida mamlakat boʻylab umumtaʼlim maktablarida joylashga moʻljallangan turistik xarita yaratildi. Shu bilan birga, bolalikdan sayohat madaniyatini shakllantirishga yordam beruvchi «Yosh sayyoh” qoʻllanmalari ishlab chiqildi. Maktablarda oʻquv dasturiga “Turizm soati” kiritilmoqda», - dedi Bosh vazir oʻrinbosari. Oʻzbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi amaliy ishlar UNWTO Bosh kotibida katta qiziqish uygʻotdi. “Turizmni rivojlantirishni bolalardan boshlash boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi UNWTO hamkorligida butun dunyo mamlakatlarining boshlangʻich maktablari uchun alohida fan joriy qilish va darslik yaratishga turtki boʻladi. Bu fanni Osiyoda ilk bor Oʻzbekiston maktablarida sinovdan oʻtkazishni taklif qilaman”, — dedi Pololikashvili.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kun fotosi: Hokim fuqarolarning xonadonini oqlab berdi
- Kun fotosi: Namangan viloyati hokimining vaqtinchalik uyi deyarli tayyor boʻldi
- Toshqulov rektorlar nobud boʻlgan 5 nafar talabaning janozasida qatnashib marhumlarning ota-onalariga moddiy yordam berilganini maʼlum qildi
- Kun fotosi: Buxoroda 1000 ta “konteyner uy” imtiyozli kredit asosida muhtoj oilalarga tarqatiladi
- Gʻaniyev taqdimot vaqtida qiyinchilikka duch keldi, Prezident uning rejalaridan qoniqmadi
- Kun fotosi: Buxoro viloyati hokimi ham konteynerga koʻchib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring