Unga yana ikkita oʻyin bering va Abduqodirning nimalarga qodir ekanini koʻrasiz – Erling Holand. Gvardiola esa Husanov uchun oʻzbek tilini oʻrganishga tayyorligini bildirdi
Futbol boʻyicha Angliya Premyer ligasining 23-turidan oʻrin olgan “Manchester Siti” va “Chelsi” oʻrtasidagi markaziy bahsda hamyurtimiz Abduqodir Husanov “shaharliklar” safida ilk marta maydonga tushdi. Uchrashuvda “Manchester Siti” 3:1 hisobida gʻalaba qozongan boʻlsa-da, Husanovning debyuti muhokamalarga sabab boʻldi.
Oʻyindan keyin “Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola “Sky Sports” efirida Abduqodir Husanovning ilk uchrashuvi haqida fikr bildirib, yosh shogirdini qoʻllab-quvvatlashini aytdi.
“U ingliz tilida gaplasha olmaydi, shuning uchun biz Abduqodir bilan hali toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilolmayapmiz. Unda hammasi joyida boʻladi. U faqat bir-ikki mashgʻulotda qatnashgan xolos. Men Chempionlar Ligasidagi muhim oʻyinni hisobga olib, Jon Stounzni jarohatdan keyin maydonga tushirishga shoshilmagan edim. Husanov xatolaridan saboq oladi”, dedi Gvardiola.
Murabbiy, shuningdek, futbolchilarning birdamligini alohida taʼkidlab, “Har qanday futbolchi xato qilishi mumkin. Muxlislar hamisha yangi futbolchilarni qoʻllab-quvvatlaydi. Abduqodir hali juda yosh va u, albatta, oʻrganadi”, deya qoʻshimcha qildi.
“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand ham Husanovning debyuti haqida oʻz fikrlarini bildirdi.
“Bu uning ilk uchrashuvi edi. Asabiylik va hayajon – bunday vaziyatda odatiy holat. Men oʻzimning ilk oʻyinimni eslayman. Oʻshanda Angliya Superkubogida «Liverpul”ga qarshi oʻynaganman. Unga yana ikkita oʻyin bering va Abduqodirning nimalarga qodir ekanini koʻrasiz», dedi Holand.
Husanovning debyut uchrashuvida birinchi 5 daqiqa davomida bosim tufayli u oʻyinga moslashib keta olmadi va uning xatosidan soʻng “Chelsi” yagona golini urdi. Shunga qaramay, keyingi daqiqalarda himoyachi bexato harakat qilib, ishonchli oʻyin koʻrsatdi. Uchrashuv davomida u jami 54 daqiqa maydonda harakat qildi.
Pep Gvardiola uning xatosi haqida shunday dedi: “U bilan muloqot qilish uchun men oʻzbek yoki rus tillarini oʻrganishga tayyorman, chunki hozircha u ingliz tilida ravon gapira olmaydi. Xato qildimi? Bu tabiiy. Men uni bir chetga chaqirib nima deyishim kerak edi? Xato qilma, deyishim kerakmi? U xatosini biladi va undan saboq oladi”.
Abduqodir Husanovning “Manchester Siti” safidagi debyuti oʻzining murakkabligiga qaramay, futbol mutaxassislari tomonidan umidli baholanmoqda. Gvardiola va Holandning qoʻllab-quvvatlovi yosh himoyachi uchun katta motivatsiya boʻlib xizmat qilishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring