UNESCO bilan oliy va kasb-hunar taʼlimi sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Foto: «Xalq soʻzi»
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov UNESCOning Oʻzbekistondagi vakili Sara Noshadi bilan uchrashdi. Muloqot avvalida Sara xonim I.Abdurahmonovni tabiiy fanlar sohasidagi tadqiqotlari uchun UNESCO – Ekvatorial Gvineya xalqaro mukofoti bilan tabrikladi.
Sara Noshadi vazirni UNESCOning oliy taʼlim sohasidagi faoliyati va sohadagi malakalarni tan olish toʻgʻrisidagi Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy konvensiyasi hamda Tokio konvensiyasi doirasidagi ratifikatsiya jarayonini qoʻllab-quvvatlash borasidagi faoliyati haqida maʼlumot berdi.
I.Abdurahmonov 64 ta litseyda STEM taʼlim tizimini joriy qilish va takomillashtirishga qiziqish bildirdi. Mazkur litseylar hududlarda bunyodkorlik va innovatsiyalar markazi boʻlib xizmat qilib, 3D-printerlar, smart avtobuslar kabi zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Vazir UNESCOning bu boradagi katta tajribasini taʼkidlab, qoʻshma loyihalar ishlab chiqishni taklif qildi.
Xususiy oliy oʻquv yurtlarida taʼlim sifatini taʼminlash masalasini muhokama qilish chogʻida Oʻzbekiston tomoni nodavlat oliy oʻquv yurtlarida taʼlim sifatini oshirish boʻyicha tuzilma ekspertizasi va tavsiyalariga qiziqish bildirdi.
Tomonlar, shuningdek, UNESCO shafeligidagi Oliy taʼlimda innovatsiyalar xalqaro markazi delegatsiyasining joriy yil 28-may – 6-iyun kunlari Oʻzbekistonga tashrifini muhokama qildilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring