Umumjahon pochta ittifoqining bayonnomalari ratifikatsiya qilinmoqda
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Senatning yalpi majlisida “Umumjahon pochta ittifoqining Ustaviga O‘ninchi qo‘shimcha bayonnomani (Addis-Abeba, 2018 yil 7 sentyabr) va O‘n birinchi qo‘shimcha bayonnomani (Abidjan, 2021 yil 26 avgust) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanganidek, Qonun bilan ratifikatsiya qilinayotgan bayonnomalar Umumjahon pochta ittifoqiga a’zo mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini va xalqaro pochta almashinuvini tashkil etish hamda samarali xizmatlarni barqaror rivojlantirishni nazarda tutadi.

Shuningdek, Umumjahon pochta ittifoqi Ustaviga ratifikatsiya qilinayotgan qo‘shimcha bayonnomalar a’zo davlatlarning pochta operatorlari bilan o‘zaro hamkorlik munosabatlarida O‘zbekiston manfaatlarini o‘z vakolatlari doirasida vakillik qilishi va himoya qilishi belgilanmoqda.
Senatorlarning fikricha, mazkur Qonun qabul qilinishi O‘zbekistonning Umumjahon pochta ittifoqi faoliyatida samarali va faol ishtirok etishiga imkon beradi.
Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.



Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring