Umumtaʼlim fanlaridan milliy sertifikat uchun talabgorlarni roʻyxatga olish boshlandi

15:55 24 Oktyabr 2022 Jamiyat
1130 0

Foto: Arxiv surat

Joriy yilning 24-oktyabr kuni matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlarini bilish darajasini baholash test sinovlari uchun talabgorlarni roʻyxatga olish boshlandi.

Talabgorlarni roʻyxatga olish my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” boʻlimi orqali amalga oshirilmoqda va 12-noyabrga qadar davom etadi.

Bunda talabgorlar test topshirish tili sifatida oʻzbek, rus va qoraqalpoq tillaridan birini tanlab, mazkur tilda imtihon topshirish huquqiga ega.

Shuningdek, talabgorlar oʻzlariga qulay boʻlgan hududni tanlab, mazkur hududda test sinovida ishtirok etishlari mumkin.

Hududlardagi test sinovi oʻtkaziladigan joylar sigʻimi cheklangan boʻlib, talabgorlar mazkur sigʻimdan kelib chiqqan holda roʻyxatga olinadi.

Shu sababli har bir fan boʻyicha birinchi boʻlib roʻyxatdan oʻtgan va toʻlovni amalga oshirgan maʼlum miqdordagi talabgorlar test sinovida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi.

Bunda biror hudud toʻlgan taqdirda talabgorlar test topshirish hududini oʻzgartirib, boshqa hududda test sinovida ishtirok etishlari mumkin boʻladi.

Test sinovlari matematika va biologiya fanlaridan — 4-dekabr kuni, kimyo va fizika fanlaridan — 18-dekabr kuni boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?