Umra mavsumi qachondan boshlanishi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Umra mavsumi 10-sentyabrdan boshlanishini eʼlon qildi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan tashkil etiladigan “Umra-2024”ning navbatdagi mavsumi joriy yilning 10-sentyabr kunidan boshlanadi.
“Hamyurtlarimiz «Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi orqali toʻgʻridan toʻgʻri reyslarda Saudiya Arabistoniga olib boriladi. Ziyoratchilar Madina shahrida 3 kun, Makka shahrida esa 7 kun boʻladi. Mavsum davomida tajribali ishchi guruhi va imom-xatiblardan iborat ellikboshilar hamda malakali shifokorlar ularga hamroh boʻladi», deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, ziyoratchilar Madina shahrida “Grand Shahba”, Makka shahrida esa “Marmara Group Hotel” mehmonxonalarida istiqomat qiladi. Mehmonxona xonalari 3-4 oʻrinli boʻlib, 3 mahal taomlar, shirinlik va sarxil mevalar tortiq qilinadi.
Mazkur shaharlarda muborak qadamjolarga ziyorat tashkil etiladi. Mehmonxonalarda tibbiyot punktlari, transport xizmati va ishchi guruhlari shtablari 24 soat davomida faoliyat yuritadi. Safar yakunida zam-zam suvi hadya qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring