Ulugʻbek Rashitovning ilk chiqishidan Hasanboy Doʻsmatovning finaligacha: Olimpiadaning 14-kunida bizni nimalar kutib turibdi?
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Olimpiadaning 14-kuni, 8-avgust va 9-avgustning ilk soatlarida yurtdoshlarimizni muhim bahslar kutib turibdi. Bugun 6 nafar vakilimiz 4 ta sport turi boʻyicha Parij maydonlariga koʻtariladi.
“Tokio-2020” gʻolibi Ulugʻbek Rashitov tayekvondo boʻyicha Oʻzbekiston delegatsiyasining yurishlarini boshlab beradi. Ulugʻbek -68 kg vazn toifasida qatnashmoqda va uning chiqishi soat taxminan 12:21 larga toʻgʻri keladi.
Kanoeda eshkak eshish boʻyicha yakkalik bahslarida qatnashayotgan qizimiz Nilufar Zokirovaning chiqishi soat 13:30 dan keyinga rejalashtirilgan.
Soat 14:00 dan boshlab erkin kurashchilarimiz Javrail Shapiyev (-86 kg) va Gʻulomjon Abdullayev (-57 kg) lar maydonga chiqishadi. Shapiyevga gruziyalik Vladimir Gamkrelidze raqiblik qilsa, Abdullayev ozorbayjonlik Aliabbas Rzazadeni sinovdan oʻtkazadi.
Kunni bokschilarimiz yakunlab beradi. Dastlab, final yoʻllanmasi uchun bayroqdorimiz Abdulmalik Halakov soat 00:30 da Avstraliya vakili Charli Senior bilan kuch sinashsa, 01:34 da “Rio-2016” chempioni Hasanboy Doʻsmatov mezbonlar vakili Billal Bennama bilan oltin uchun ringga koʻtariladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring