Ulugʻbek Rashitov “yilning eng yaxshi erkak sportchisi” deb topildi

09:54 05 Dekabr 2024 Sport
440 0

Foto: WTF

Butunjahon taekvondo federatsiyasi 2024-yilning eng yaxshilarini eʼlon qildi. Unga koʻra, “yilning eng yaxshi erkak sportchisi” nominatsiyasida ikki karra Olimpiya oʻyinlari gʻolibi Ulugʻbek Rashitov gʻolib deb topildi.

Taqdirlash marosimi Gonkongda davom etayotgan pumse boʻyicha Jahon chempionati doirasida boʻlib oʻtdi. Ulugʻbek Rashitov Butunjahon taekvondo federatsiyasi bosh kotibi Seo Jeongkangdan oʻz sovrinini qabul qilib olgan.

Foto: WTF

Shuningdek, Vengriya vakili Viviana Marton “yilning eng yaxshi ayol sportchisi” deb topilgan boʻlsa, ozarbayjonlik Imamaddin Halilov “yilning eng yaxshi erkak para sportchisi”, Peru sharafini himoya qiluvchi Leonor Angelika Espinoza esa “yilning eng yaxshi ayol para sportchisi” nominatsiyalari gʻolibi boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер