Ulugʻbek Rashitov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Taekvondo boʻyicha ikki karra Olimpiyada chempioni, oʻzbekistonlik Ulugʻbek Rashitov antidoping qoidalarini buzgani uchun ikki yilga musobaqalardan chetlatildi. Bu haqda Xalqaro doping-test agentligi (ITA) xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, sportchi soʻnggi 12 oy ichida uch marta oʻzining joylashuvi haqida notoʻgʻri maʼlumot bergan. Bu harakat antidoping qoidalariga koʻra, sinovdan bosh tortish bilan tenglashtiriladi va jiddiy qoidabuzarlik hisoblanadi.
Rashitovning musobaqalardan chetlashtirilish muddati 2025-yil 13-maydan 2027-yil 12-maygacha etib belgilangan. Shuningdek, sportchining 2025-yil 3-fevraldan buyon erishgan barcha shaxsiy natijalari bekor qilingan.
Qayd etilishicha, Rashitov qoidabuzarlikka eʼtiroz bildirmagan va ITA taklif qilgan sanksiyalarga rozi boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring