Ulug‘bek Qodirov ishtirokidagi “Snayper” filmining 56 kunlik syomkasi tugadi
Rejissor Ozod Shams hamda prodyuser Ruslan Mirzayev jamoasi tomonidan suratga olingan “Snayper” filmining premyerasi oktabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.
Filmning suratga olish ishlari 2017-yilda boshlangan edi. Shu vaqt mobaynida Toshkent shahri va viloyati hamda Turkiyada suratga olish ishlari bo‘lib o‘tdi.
Film preodyuseri Ruslan Mirzayevning “Xalq so‘zi online”ga bergan ma’lumotlariga qaraganda, “Snayper” filmining bir yil ichida bo‘lib o‘tgan 56 kunlik syomka ishlari yakuniga yetgan.
Filmda bosh rollarni Ulugʻbek Qodirov, Matyoqub Matchonov, Saida Rametova, Shuhrat Umarov, Behzod Muhammadkarimov, Feruza Sobitova, Mehriddin Rahmatov singari aktyor va aktrisalar ijro etishgan. Bundan tashqari filmda turk aktyorlari ham rol ijro etishgan.
“Snayper” filmining keng jamoatchilik uchun mo‘ljallangan premyerasi 2018-yil oktabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring