Ulugʻbek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi etib tasdiqlandi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida oʻtayotgan Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala koʻrib chiqildi.
Davlatimiz rahbari Jizzax viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Ulugʻbek Mustafoyev nomzodini ilgari surdi.
Xalq deputatlari va viloyat faollari nomzod haqidagi fikrlarini bildirdilar. Shundan soʻng viloyat hokimini tayinlash masalasi ovozga qoʻyildi.
Ovoz berish natijalariga koʻra, Ulugʻbek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi etib tasdiqlandi.
Davlatimiz rahbari yangi hokim bildirilgan ishonchni oqlab, keyingi yilda viloyatga 4,5 milliard dollar xorijiy investitsiya olib kelish, eksportni 500 million dollarga yetkazish, 175 ming odamni ishli qilish, 15 ming oilani kambagʻallikdan chiqarish borasida qattiq ishlashi kerakligini koʻrsatib oʻtdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring