“Ular zaharlanishga olib kelmaydi, lekin…”
Sovuq kunlar boshlangani tufayli sabzavotlarni sovuq urishi ehtimoli yuqori. Sanepidqoʻmita bunday mahsulotlarni isteʼmol qilishning salomatlikka taʼsiri haqida maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, har bir oziq-ovqat mahsulotini texnik jihatdan tartibga solishning muayyan talablari belgilangan. Yaʼni, har bir mahsulot qoida va normalarda belgilangan maʼlum harorat va havoning nisbiy namligida saqlanishi lozim boʻladi.
Sovuq tushishi natijasida bozordagi ayrim sabzavot va meva mahsulotlarini sovuq urishi ehtimoli yuqori. Bunda mahsulotlar oʻzining organoleptik xususiyatlari – mazasi va taʼmini yoʻqotadi. Bu esa sabzavotni isteʼmolga yaroqsiz holatga keltiradi. Bundan tashqari, ushbu mahsulotlarning ozuqaviy qiymati ham pasayadi.
“Ular zaharlanishlarga olib kelmaydi, lekin barcha foydali xususiyatlarini yoʻqotadi va ularning saqlash muddati muz tushgandan keyin keskin kamayib ketadi”, — deyiladi qoʻmita xabarida.
Maʼlumot uchun, “Umumiy ovqatlanish korxonalariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari” 0027-22-son SanQvaMning 79-bandida ham korxonalarda muzdan eritilgan va qayta muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlari oziq-ovqat xom ashyosi va mahsulotlarini qabul qilishga ruxsat etilmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring