Ukrainaga moʻljallangan qurol yetkazib berish kechikmoqda
“Axios” nashrining xabar berishicha, AQSH Davlat departamenti hukumatdagi “shatdaun” tufayli qiymati 5 milliard dollardan ortiq boʻlgan qurol bitimlarini muzlatishga majbur boʻlgan. Yetkazib berish jarayonining toʻxtab qolishi Ukrainaga koʻrsatilayotgan harbiy yordamga sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkin.
“Bu nafaqat bizning ittifoqchilarimiz va hamkorlarimizga, balki koʻplab muhim harbiy tizimlarni xorijga yetkazib berishi lozim boʻlgan Amerika mudofaa sanoatiga ham zarar yetkazmoqda”, — dedi Davlat departamentining yuqori lavozimli rasmiysi “Axios”ga bergan intervyusida.
Maʼlum qilinishicha, kechikishlar AMRAAM “havo-havo” raketalari, Daniya, Xorvatiya va Polsha uchun moʻljallangan “Aegis” raketa tizimlari hamda HIMARS RQZO (reaktiv zalp otish tizimi)larining yetkazib berishiga taalluqlidir. Yetkazib berishning yakuniy muddati hozircha nomaʼlum.
AQSHning NATOdagi ittifoqchilari bilan tuzayotgan bunday bitimlar, asosan, Ukrainani qoʻllab-quvvatlash maqsadida amalga oshiriladi.
Kechikishning bosh sababi — qonunchilik jarayonlari va xodimlar yetishmovchiligi. Qurol-aslahani eksport qilishni nazorat qilish toʻgʻrisidagi qonunga koʻra, bunday bitimlar Kongress tomonidan koʻrib chiqilishi shart. Biroq Kongress qoʻmitalarini xabardor qilish va protseduralarni yakunlash uchun masʼul boʻlgan Davlat departamentining koʻplab xodimlari majburiy taʼtilga chiqarilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring