Ukraina Rossiyaning oʻq-dori omborlariga hujumlarini davom ettirmoqda. Navbatdagi manzil Toropets

Foto: Videodan kadr
Toropets shahridagi Rossiyaning oʻq-dorilarni saqlash omborida kuchli portlash sodir boʻldi. Xabar qilinishicha, bunga Ukrainaning uchuvchisiz dronlari hujumi sabab ekanligi aytilmoqda. Bu haqda “Newsweek” xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, katta portlash chorshanba tongida sodir boʻlgan va osmonga katta olov sharini hosil qilgan. Rossiyaning Tver viloyatida joylashgan Toropets Ukraina chegarasidan 300 chaqirim shimolda joylashgan boʻlib, avvalroq uchuvchisiz dronlar tomonidan nishonga olingan harbiy qism joylashgan shahar hisoblanadi.
Rossiyaning norasmiy OAVlarga tayanadigan boʻlsak, ukrainalik dronlarning qoldiqlari obʼyektga kelib urilgan, natijada yongʻin va portlash sodir boʻlgan. Katta miqdordagi oʻq-dorilar saqlanadigan ombor havo hujumlari va yadroviy portlashlardan himoyalanish uchun moʻljallangan. Rasmiy Kiyev bu hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olmagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan kadrlarda portlash sodir boʻlgani va ombordan quyuq tutun koʻtarilayotgani aks etgan. Ukraina rasmiylari va jurnalistlar hujumning ahamiyatini taʼkidlab, bu yerda 30 ming tonnagacha oʻq-dorilar saqlanishi mumkinligini aytishmoqda. Mahalliy gubernator yaqin atrofdagi aholi xavfsizligini taʼminlash uchun qisman evakuatsiya qilishni buyurgani ham aytilmoqda.
Favqulodda xizmatlar Toropetsdagi vaziyatni nazorat qilish ustida ishlamoqda, deyiladi Tver viloyati gubernatori bayonotida. Rossiya Mudofaa vazirligi Tverdagi dron hujumini tasdiqlamagan boʻlsa-da, bir kechada Ukrainaning 54 ta uchuvchisiz samolyoti boshqa viloyatlarda urib tushirilgani haqida xabar berdi. Yongʻinni oʻchirish harakatlari davom etar ekan, vaziyat keskinligicha qolmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring