Ukraina prezidenti Xitoy va Rossiyani boshqa davlatlarga bosim oʻtkazishda aybladi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Shveysariyada oʻtadigan tinchlik konferensiyasida Rossiya va Xitoyning qatnashmasligini roʻkach qilib, sammitni buzishga urinishda aybladi. Bunga javoban, Xitoy Xalq Respublikasi Zelenskiyning soʻzlarini rad etib, ikki davlat urushi atrofidagi tinchlik choralarini qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qilgan.
Xitoy tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Ning tinchlik sammitiga toʻxtalar ekan, mamlakat pozitsiyasi doim ochiq va oshkoralikdan iboratligini taʼkidlagan.
Yakshanba kuni Singapurda nutq soʻzlagan Ukraina prezidenti Xitoy va Rossiya boshqa davlatlarga boʻlajak muzokaralarda qatnashmaslik uchun bosim oʻtkazayotganini aytgan.
Xitoy Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan keyin Moskva bilan aloqalarni chuqurlashtirgan boʻlsa ham urushda betarafligini taʼkidlab keladi. Vladimir Putin qayta saylanganidan keyin aprel oyida birinchi tashrifini Pekindan boshlab, Xitoy rahbari bilan bir piyola choy ustida muzokara olib borgan edi.
AQSH, Ukraina va boshqa davlatlar razvedka idoralari Xitoy oʻz ittifoqchisini toʻgʻridan-toʻgʻri qurollantirmasa-da Rossiya qurollari Xitoyda ishlab chiqarilgan qismlardan tashkil topganini aytib keladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring