Uyqu dorilarning zararlari koʻp, ammo bu safar olimlar uning foydasini kashf qildi

Foto: scitechdaily.com
“UCLA Health” tomonidan olib borilgan tadqiqot shuni koʻrsatadiki, uyqusizlikni davolashda ishlatiladigan dori opioidlarga (morfin va fentanil kabi kuchli ogʻriq qoldiruvchi vositalarni oʻz ichiga olgan dori turi boʻlib, oʻziga qaram qilish xususiyatiga ega – tahrir) qaramlikning oldini olishga yordam beradi.
Tadqiqotga koʻra, uyqusizlikka qarshi dorilar suvoreksant sichqonlarda opioidlarga qaramlikni blokirovka qilishi va ogʻriqni yengillashtirishi mumkinligi aniqlangan. Ushbu kashfiyot doimiy tarzda ogʻriqni yengillashtiruvchi dorilarga muhtoj boʻlgan odamlar uchun xavfsizroq variant hisonlanadi.
Odamlarda gipokretinning ajralishi yoqimli mashgʻulotlar paytida yuqori va ogʻriq yoki qaygʻu paytida past boʻladi. Tadqiqot shuni koʻrsatdiki, suvoreksant miyadagi opioidlarga qaramlik bilan bogʻliq oʻzgarishlarning oldini oladi.
“Nature Mental Health” jurnalida chop etilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, suvoreksant sichqonlarda ishlatiladigan past dozalarda uyquchanlikka olib kelmasdan, giyohvandlik bilan bogʻliq miya oʻzgarishlarini oldini oladi. Tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, preparat gipokretin neyronlarida opioidlar keltirib chiqaradigan oʻzgarishlarning oldini olgan va miya yalligʻlanishini kamaytiragan.
Ushbu ilmiy izlanish muallifi doktor Jerom Sigel ogʻriqni xavfsiz davolashga shoshilinch ehtiyoj borligini taʼkidladi. Uning aytishicha, AQSHda har yili 80 mingdan ortiq odam opioidlarning haddan tashqari dozasi tufayli nobud boʻladi. Bu avtohalokat yoki quroldan oʻlimdan koʻproq deganidir.
Tadqiqotlarda 14 kun davomida morfin berilgan 170 ta sichqon, shuningdek, opioidlardan foydalanish buzilishi boʻlgan va boʻlmagan odamlarning oʻlimdan keyingi miyalari oʻrganildi. Doktor Sigel ushbu kashfiyotning potensial taʼsirini taʼkidlab, agar suvoreksant odamlarda xuddi shunday taʼsir qilsa, u giyohvandlik xavfisiz kuchli ogʻriqlarni davolash usulini taʼminlashi mumkinligini qayd etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring