Uydagi gul biznesida muvaffaqiyat, natijalar

19:11 04 Iyul 2024 Jamiyat
308 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Quva tumani gulchilik va koʻchatchilik sohasida tanilgan. Bugungi kunda 15 ga yaqin mahallaning drayveri sifatida shu ikki yoʻnalish belgilangan. “Qoraqum” mahalla fuqarolar yigʻinida tashkil etilgan “Asad vodiy gullari” gulchilik kooperatsiyasiga mahallaning 100 ta xonadoni biriktirilgan. Tajribali tadbirkor sifatida kooperatsiya rahbari mahalladoshlariga gul urugʻlarini yetkazib beradi. Parvarishlash jarayonida koʻmaklashib, tayyor gul koʻchatlarini oʻzi sotib oladi. Tadbirkor tomonidan birgina joriy yilning bahor mavsumida 100 ming dollarlik 50 turdan ortiq atirgul koʻchatlari Rossiyaga eksport qilindi. Ayni paytda kooperatsiya aʼzolari yangi mavsum uchun gul koʻchatlarini payvandlash ishlariga tayyorgarlik koʻrmoqda.

— Gulchilik va koʻchatchilik orqali mahalla ahlining oʻrtacha yillik daromadi 5-6 milliard soʻmni tashkil etadi, — deydi “Qoraqum” MFY hokim yordamchisi Davron Aliyev. — Hozirda mahallada yana bir tadbirkorimiz tashabbusi bilan manzarali daraxtlar yetishtirish boʻyicha kooperatsiya tashkil etish rejalashtirilgan.

Aytish joiz, mahalladagi 1118 ta xonadonda qariyb 5900 nafar aholi istiqomat qiladi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yili qoraqumliklar mamlakatimiz boʻylab 1-1,2 million dona manzarali va mevali koʻchatlar yetkazib berishadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер