Uychi tumaniga ham yangi hokim tayinlandi
Abdullayev Muzaffar Abdugʻaniyevich Uychi tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 29-dekabr kuni boʻlib oʻtayotgan xalq deputatlari Uychi tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala koʻtarilgan.
Sessiyada Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov kun tartibidagi masala yuzasidan maʼruza qilib, Uychi tumanida keyingi yillarda olib borilgan ishlar, Uychi tajribasi doirasida erishilgan yutuqlar barobarida, ishda yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarga atroflicha toʻxtalib, hududlarni yanada rivojlantirish boʻyicha dolzarb vazifalarni belgilab bergan. Bu ishlarni amalga oshirish uchun tumanga yangi hokim zarur ekani taʼkidlangan.
Shundan soʻng, deputatlar Namangan viloyati hokimining Musayev Shuhrat Mirsodiqovichni Uychi tumani hokimi vazifasidan ozod qilish va tuman kengashining deputatlik vakolatini muddatidan oldin soqit qilish haqidagi tegishli qarorlarini tasdiqlagan.
Shuningdek, viloyat hokimining Abdullayev Muzaffar Abdugʻaniyevichni Uychi tumani hokimi etib tayinlash toʻgʻrisidagi qarori bir ovozdan maʼqullangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring