Uy va binolarni issiqlik bilan taʼminlash uchun 370 mlrd soʻm ajratiladi
11-mart kuni prezidentning “Uy-joy hamda bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan taʼminlash sohasini tubdan isloh qilish hamda binolarning energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 100-sonli qarori qabul qilindi.
Unga koʻra, Chinoz va Oltiariq tumanlariga issiqlik nasoslari, quyosh panellari va energiya tejamkor uskunalar joylashtiriladi. Har bir viloyatda esa 100 ta yakka tartibdagi uy-joy izolyatsiyalanib, energiya tejovchi oyna va eshiklar oʻrnatiladi.
Buxoroda davlat obyektlari issiqlik nasoslari va quyosh panellari bilan taʼminlanadi. Respublikaning barcha davlat bogʻchalariga esa quyosh suv isitish uskunalari(geliokollektorlar) quriladi.
Bundan tashqari, bu yil 8 681 ta individual issiqlik punkti oʻrnatilib, 103 ta qozonxona va 1,6 ming km issiqlik tarmoqlari yangilanadi. Toʻqqizta issiqlik taʼminoti tizimi davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilinadi.
Bu jarayonlarni yoʻlga qoʻyish uchun 320 milliard soʻm hamda “yopiq tizim”ga oʻtkazish uchun qoʻshimcha 50 milliard soʻm ajratilishi rejalashtirilgan.
Taʼkidlash joiz, loyihalarni amalga oshirish Andijon, Samarqand, Shahrisabz shaharlari, Boʻstonliq va Nurobod tumanlaridan boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring