UFC jangchisi Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga nomzodini qoʻymoqchi
Irlandiyalik aralash yakkakurash ustasi Konor Makgregor 2025-yil noyabr oyidagi Irlandiya prezidentlik saylovlarida prezidentlik uchun oʻz nomzodini ilgari surmoqchi. Bu haqida “Newsweek” nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, UFC jangchisi Irlandiya prezidentligiga saylansa oʻz mamlakatining Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar oʻrtasida boshpana izlovchilarni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimda ishtirok etishiga qarshilik koʻrsatishga vaʼda bergan.
“Irlandiya 2026-yil 12-iyungacha Yevropa Ittifoqining migratsiya bitimini toʻliq amalga oshirishi shart. Shu sababli, hozirdan 2026-yil 12-iyungacha Irlandiya parlamenti ikkala palatasi bir nechta qonun hujjatlarini qabul qilishi va soʻngra Prezident ularni imzolashi kerak boʻladi”, – deb yozgan Makgregor oʻzining Instagram sahifasida.
Shuningdek, Makgregor, ushbu qonun loyihasiga qarshilik koʻrsata oladigan yagona prezident boʻlishini ham qoʻshimcha qilgan.
“Keyingi prezidentlik saylovi 2025-yil 11-noyabrgacha oʻtkazilishi kerak. Bu qonun loyihasiga kim qarshilik qiladi? Prezidentlik uchun nomzodini koʻrsatadigan boshqa shaxslar hech qanday qarshilik koʻrsata olishmaydi. Men esa buni uddalayman”, – degan u.
Maʼlumot uchun, Irlandiya prezidenti davlat rahbari hisoblansada, asosan tantanali marosimlarni boshqarish vazifalarini bajaradi. Davlatni boshqarish esa mamlakat bosh vaziri zimmasiga yuklatiladi.
Shunday boʻlsada, davlat rahbari hamon sezilarli vakolatlarga ega boʻlib, Irlandiya konstitutsiyasini himoya qilish uchun masʼul shaxs hisoblanadi.
Irlandiya konstitutsiyasiga koʻra, mamlakat prezidentligi saylovida ishtirok etish uchun nomzod Irlandiya parlamentining kamida 20 nafar aʼzosi yoki 31 ta shahar va viloyat kengashlarining kamida toʻrttasi tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi lozim.
Faqatgina amaldagi yoki sobiq prezidentlar ushbu bunday qoʻllashlarsiz qayta nomzodini qoʻyishlari mumkin boʻladi.
Hozirda Irlandiya parlamentidagi deyarli barcha qonun chiqaruvchi aʼzolar allaqachon Makgregorning dasturiga qarshi boʻlgan siyosiy partiyalarga mansub, shuning uchun uni nomzod sifatida koʻrsatishlari ehtimoli juda past.
Konor Makgregor Irlandiya parlamentining 20 nafar aʼzosi yoki toʻrtta kengashdan nomzodlik olish uchun katta qiyinchiliklarga duch kelishi taxmin qilinmoqda. Boshqa nomzodlar hali eʼlon qilinmagan boʻlsada, Berti Ahern va senator Frensis Blek prezidentlik saylovlariga oʻz nomzodlarini qoʻyishi oydinlashib bormoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring