UYEFA konsultanti Qoraqalpogʻistonga bordi
Yevropa futbol assotsiatsiyalari uyushmasi - UYEFA konsultanti Rojer Meyxri Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining masʼul xodimlari bilan Qoraqalpogʻistonga tashrif buyurdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Qoraqalpogʻiston futbol assotsiatsiyasining maʼlum qilishicha, UYEFA mutaxassisi Toʻrtkoʻl, Beruniy, Xoʻjayli, Taxiatosh, Nukus tumanlari va Nukus shahrida boʻlib, Qoraqalpogʻistonda futbolni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Xizmat tashrifi davomida yevropalik mutaxassis Qoraqalpogʻiston futbol assotsiatsiyasi amalga oshirayotgan ishlarni atroflicha oʻrganib, oʻz takliflarini berdi.
Bolalar va oʻsmirlar futbol akademiyasida murabbiylar va yosh futbolchilar uchun mahorat darsi oʻtdi.
Shu bilan birga, mahalliy murabbiylar bilan zamonaviy futbolning rivojlanish yoʻnalishlari mavzusida muloqot qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring