“Uchta oltin, beshta bronza hamda jahon rekordi”: Velosportchilarimiz Osiyo chempionatida munosib ishtirok etishdi

13:20 27 Fevral 2025 Sport
370 0

Malayziyada velosportning trek yoʻnalishi boʻyicha yoshlar va kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. Hamyurtlarimiz mazkur musobaqada sovrinli oʻrinlarni egallashdi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi.

Unga koʻra, musobaqada ishtirok etgan sportchilarimiz yakunda yuqori natijalar qayd etib, 3 ta oltin va 5 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

Hamyurtimiz Samira Ismoilova mazkur musobaqa kashfiyotlaridan biriga aylanib, turnir davomida 2 ta oltin va 2 ta bronza medalni qoʻlga kiritdi.

“Samira Ismoilova yakkalik taʼqib poygasi dasturidagi yoshlar oʻrtasidagi Osiyo va jahon rekordini oʻrnatdi. Sportchimiz 3 000 metr masofani 3:46.800 daqiqada bosib oʻtdi”, — deyiladi qoʻmita xabarida.

Bundan tashqari, kattalar oʻrtasidagi musobaqada Dmitriy Bocharov oltin medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, Asal Rizayeva va Nafosat Qoziyeva omnium, juftlik, hamda ochkolar uchun guruh poygasida bronza medallariga ega chiqishgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер