Uchquduq tuman hokimligi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan mahalliy hokimliklarda korrupsiyani keltirib chiqarayotgan omillar, unga sabab boʻlayotgan shart-sharoitlar, mansabdor shaxslar faoliyati, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha koʻrilgan choralar, byudjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish hamda davlat xaridlarini amalga oshirishda qonunchilikka rioya qilinishi boʻyicha doimiy oʻrganishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Agentlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi “Navoiy viloyatining olis choʻl tumanlarida aholini turmush darajasini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori talablarining ijrosi boʻyicha viloyatning Uchquduq tumanida oʻrganish oʻtkazildi.
Maʼlumki, mazkur Qarorda olis choʻl hududida kamida uch yildan ortiq yashagan shaxslar oliy taʼlim muassasalarida davlat granti asosida qabul qilinishi belgilangan.
Oʻrganishlar mobaynida esa Uchquduq tuman hokimining sobiq oʻrinbosari va boshqalar choʻl hududida joylashgan “Yoʻlchilar”, «
Natijada davlat va fuqarolarning huquqlari, qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazilgan. Shuningdek, ushbu talabalarning grant asosida oʻqishi uchun amalda 650 mln. soʻm byudjet mablagʻlarining sarflanishiga sababchi boʻlib, davlat manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazilgan.
Agentlik tomonidan mazkur holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar hamda prokuratura idoralari oʻtkazgan qoʻshimcha oʻrganishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturaci tomonidan Uchquduq tuman hokimligi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring