Uchqoʻrgʻonda ogʻirligi 71 kilogrammgacha boʻlgan oshqovoqlar pishdi
Foto: “Xalq soʻzi”
Tezkor va yangiliklarga toʻla zamonamizda koʻz koʻrib, quloq eshitmagan moʻjizalar uchrashi odamlarni unchalik hayratga solmay qoʻydi. Biroq, Uchqoʻrgʻon tumanining “Paxtachi” mahallasida yetishtirilgan gigant oshqovoqlar kishini befarq qoldirmaydi.
Urugʻi xorijdan keltirib ekilgan bu noyob oʻsimlik haqida biz saytimizda bir necha oy avval xabar bergan edik. Uni havas bilan parvarishlagan Ahrorbek Qoʻchqorov xonadoni aʼzolari pishib yetilgan neʼmat hosilini yigʻishtirdi. Natija chakki emas: uzib olingan ulkan oshqovoqlarning kichigi 27, eng yirigi 71 kilogramm tosh bosdi.
Dehqonchilik moʻjizasi bilan dongʻi ketgan oila afsonaviy oshqovoqlar hosilini qarindosh-urugʻ, mahalla kuy va yaqinlarga tarqatdi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring