Uchqoʻrgʻonda xandon pista yetishtirilmoqda
Iqlim va yer sharoiti dehqonchilik uchun qulay boʻlgan Uchqoʻrgʻon tumanida qishloq xoʻjaligiga innovatsion texnologiyalar jadal kirib boryapti. Keyingi paytlarda mahalliy bogʻbonlar oʻz tomorqalarida dasturxon koʻrki boʻlgan qulupnay, golubika singari tansiq mevalardan tashqari, xandon pista yetishtirishni ham yoʻlga qoʻyishdi.
Bu ishga qishloq maktabida oʻqituvchilik qilib nafaqaga chiqqan, “Qayqi” mahallasida istiqomat qilayotgan Tojiddin Jalilov birinchilardan boʻlib kirishgan edi. Oʻtgan yili u parvarishlayotgan 32 tup pista koʻchatlari dastlabki hosil nishonasini koʻrsatdi.
— Qimmatbaho mevaning Erondan keltirilgan “Akbariy Ahmadiy” navini mahalliylashtirganmiz, — deydi 68 yoshli usta bogʻbon. — Odatda, bu oʻsimlik 7-8-yil atrofida meva bera boshlaydi. Toʻgʻri, pistalarimiz daromad keltirishi uchun vaqt kerak, lekin toʻla hosilga kirishi bilan chinakam xazinaga aylanadi. Kelgusi oydan bu yilgi hosilni bozorga chiqaramiz. Har kilogrammini 200 ming soʻmdan sotganimizda ham topgan-tutganlarimizga yaxshigina baraka kiradi.
Tojiddin aka astoydil shugʻullanayotgan va uncha sermehnat boʻlmagan pista yetishtirish yumushi koʻpchilikka yoqib qoldi. Qoʻni-qoʻshni, qarindosh-urugʻlar undan oʻrnak olib, oʻz hovlilariga noyob meva koʻchatlarini oʻtqazishga kirishgan. Aytish mumkinki, “Qayqi” hademay pista yetishtiruvchilar mahallasi nomini oladi.
Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring