Uchqoʻrgʻon osmonida zamonaviy havo shari

Qudratilla NAJMIDDINOV/“Xalq soʻzi”. Uchqoʻrgʻon tumanida turizm sohasi jadal rivojlanmoqda. Norin daryosi yoqasida joylashgan ushbu hududning xushmanzara maskanlari va soʻlim tabiati bu yerda ekosayyohlikning katta imkoniyatlarini yaratgan. 2500 gektar maydondagi qulupnayzorlar, 30 sotix yerdagi golubika paykali, katta havzalarda parvarishlanayotgan forel baliqlarini tomosha qilish kishiga ajoyib his-tuygʻularni baxsh etadi.
Yaqinda yakka tartibda faoliyat yurituvchi tadbirkor Akramjon Rahimov tomonidan ishga tushirilgan havo shari sarguzasht ishqibozlari uchun samo sayri imkoniyatini ham yuzaga keltirdi. Diametri 30 metrni tashkil etuvchi ushbu qurilmada yuz metrdan koʻproq balandlikdan Uchqoʻrgʻon zaminini tomosha qilish kishiga oʻzgacha adrenalin va sayyohlikning yangi qirrasi betakror zavqini tuhfa etadi.
— Sayyohlarni oʻziga tortadigan maskanlarimiz imkoniyatidan toʻliq foydalanishga harakat qilyapmiz, — deydi tuman hokimligi masʼul xodimi Rasulbek Madrahimov. — Birgina joriy yil boshidan buyon hududimizga 160 ming nafardan ziyod mahalliy va xorijiy sayyohlar tashrif buyurgani buning tasdigʻidir. Ularning aksariyati diqqatga sazovor maskanlarni tomosha qilish barobarida oʻzlari tergan qulupnay mevasi, havzadan yangi tutilgan forel baligʻi taʼmidan bahramand boʻlib, manzillariga katta taassurot bilan qaytdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring