Uchkoʻprikdagi muhtasham madaniyat koshonasi 30 ming aholiga xizmat koʻrsatadi

19:45 20 Mart 2021 Madaniyat
1067 0

Navroʻz bayrami arafasida Uchkoʻprik tumanida zamonaviy madaniyat koshonasi foydalanishga topshirildi.

Markazda qariyb 2,5 milliard soʻmlik mukammal taʼmirlash ishlari olib borilib, madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish va yoshlarning ijod qilishi uchun barcha sharoitlar yaratildi. 30 ming aholiga xizmat koʻrsatuvchi markazda 300 oʻrinli tomosha zali, oʻlkashunoslik muzeyi, kutubxona, 15 ta toʻgarak, maʼnaviyat va mashgʻulot xonalari faoliyat koʻrsatadi.

Shuningdek, markazda “Tanovar” ashula va raqs xalq ansambli, “Hangoma” kulgu xalq teatri, yosh askiyachilar maktabi, folklor-etnografik jamoalar faoliyat olib borishi uchun ham barcha qulayliklar muhayyo etildi.

Botir Madiyorov,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?