Uch kun davomida banklar va mobil ilovalar orqali maʼmuriy jarimalarni toʻlash imkoni boʻlmaydi

13:34 08 Aprel 2021 Jamiyat
304 0

Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi maʼlum qilishicha, dyhxx.ejarima.uz tizimini modernizatsiya qilish va takomillashtirish ishlari amalga oshirilishi sababli tizim 2021-yil 7-aprel kuni soat 22:00dan 11-aprel kuni soat 16:00ga qadar vaqtincha ishlamaydi.

Maʼlum qilinishicha, texnik ishlar vaqtida — joriy yilning 9-11-aprel kunlari Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring (MUNIS) tizimi orqali «0210-MVD oplata shtrafov» xizmatlar yetkazib beruvchisiga maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun toʻlanishi lozim boʻlgan jarima toʻlovlari qabul qilinmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?