Uch hududda “valyutchiklar” qoʻlga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Chust, Sherobod tumani hamda Samarqand shahri boʻlimi tomonidan tezkor tadbirlar oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Xabarda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.R. fuqaro N.Yu.dan 4 ming AQSH dollarini 50,8 million soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Shu kabi yana bir holat departamentning Sherobod tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.
Unga koʻra, fuqaro M.H. fuqaro A.D.ga 3 ming 900 AQSH dollarini 330 ming Rossiya rubliga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, departamentning Samarqand shahri boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.K. fuqaro N.T.ga 2 ming 300 AQSH dollari va 90 ming Rossiya rublini 44 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring