Uch hududda “valyutchiklar” qoʻlga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Furqat tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan U.V. fuqaro M.X.ga 4 ming AQSH dollarini 55,1 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Shu kabi yana bir holat departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.
Unga koʻra, fuqaro R.A. fuqaro Sh.S.ga 4 ming AQSH dollarini 50 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bundan tashqari, departamentning Koʻkdala tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.H. “Xoʻjaobod” MFY hududidagi savdo doʻkonida fuqaro S.T.dan 3 ming 800 AQSH dollarini 47,1 million soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring