Uch hududda fuqarolarni oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʻda qilgan firibgarlar qoʻlga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahri boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida "I.Y." nodavlat oliy taʼlim muassasasi boʻlim boshligʻi B.A. 4 nafar fuqaroni ushbu oliygohga 3-kursdan oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga har biri uchun 1 000 AQSH dollari berishi kerakligini aytgan.
Qonunbuzar jami 4 ming AQSH dollarini olgan vaqtida tezkor tadbir xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Shu kabi yana bir holat, departamentning Buxoro shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.
Unga koʻra, fuqaro A.I. fuqaro N.Sh.ning ishonchiga kirib, qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasasida oʻqiganligi toʻgʻrisida hujjat rasmiylashtirib, goʻyoki taʼlim muassasalari qabul komissiyasida ishlovchi tanishlari orqali Buxoro innovatsion tibbiyot institutiga 3-kursdan oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 3 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bundan tashqari, departamentning Piskent tumani boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar J.E. va B.A. fuqaro K.X.ning ishonchiga kirib, uni goʻyoki Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ishlovchi tanishlari yordamida mazkur universitetga oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 2 ming AQSH dollari soʻragan.
Shundan soʻng, fuqarolar J.E. va B.A. kelishilgan 2 ming AQSh dollari miqdoridagi mablagʻni olgan vaqtida tezkor tadbir hodimlari tomonidan qoʻlga olingan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring